

“Shtutgart” o'z uyida “Bayer”ni 3:1 hisobida mag'lub etdi. O'yinning birinchi daqiqasidayoq mehmonlar o'yinchisi Aleish Garsiya hisobni ochdi. Shundan so'ng mezbonlar uchta to'p kiritishdi. Gollarga Ermedin Demirovich (5), Maksimilian Mittelshtadt (45+7, penalti) va Deniz Undav (58) mualliflik qildi.
“Bavariya” esa mehmonda “Volfsburg”ni minimal hisobdagi natija bilan mag'lubiyatga uchratdi. Yagona gol 56-daqiqada Maykl Olise tomonidan kiritildi. Qayd etish kerakki, myunxenliklar hujumchisi Xarri Keyn 36-daqiqada penaltini golga aylantira olmadi.







