Bundesliga. Ikki marta to'xtatilgan uchrashuvda "Bavariya" navbatdagi mag'lubiyatni qabul qilib oldi

Оқил Абдубарноев
18 fev 2024
Germaniya Bundesligasining 22-turidan o'rin olgan "Boxum" - "Bavariya" uchrashuvi yakunlandi.

Mazkur bahs maydonga tomoshabinlar tomonidan tennis to'plarining uloqtirilishi natijasida bir muddat to'xtatildi.

Eslatib o'tamiz, Germaniya bo'ylab Bundesligadagi ulushlarni xususiy sarmoyadorga sotish bo'yicha taklif qilingan kelishuvga qarshi norozilik sifatida xuddi shunday namoyishlar uyushtirilmoqda.

Boxum – Bavariya 3:2 (2:1, 1:1)

Gollar: 0:1 – 14 Musiala, 1:1 – 38 Asano, 2:1 – 44 Shlotterbek, 3:1 – 85, penalti Shteger, 3:2 – 90 Keyn.

Boxum – Rimann, Ermann (Gamboa, 46), Ordec, Shlotterbek, Bernardo, Mashovich, Losilla (Loosli, 90), Shteger, Asano (Ferster, 90), Antvi-Adjey (Kvarteng, 86), Broshinski.

Bavariya – Noyer, Mazraui (Upamekano, 33), de Ligt, Kim Min Chje, Gerreyru (Dayer, 86), Goretcka, Kimmix (Saragosa, 70), Myuller (Tel, 86), Musiala, Shupo-Moting (Sane, 70), Keyn.

Ogohlantirishlar: Upamekano (39), Bernardo (45), Losilla (45), Goretcka (50), Kim Min Chje (66).

Chetlatish: Upamekano (83).

TURNIR JADVALI


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia