"Bayer"da Germaniya rekordi - jamoa dastlabki 25 ta o'yinda umuman yutqazmadi

Aziz Tukhtamuradov
21 dek 2023
"Bayer" Bundesliganing 16-turida "Boxum"ni 4:0 hisobida mag'lub etdi.

Leverkuzenliklar mavsumdagi dastlabki 25 ta o'yinda umuman yutqazishmadi - 22 ta g'alaba, 3 ta durang. Bu Germaniya klublari uchun rekord natija hisoblanadi. 

Ayni paytda jamoa Bundesligada 42 ochko bilan 1-o'rinni egallab turibdi. "Bavariya" esa 4 ochko kam to'plagan holda, 2-pog'onadan joy olgan.


TURNIR JADVALI


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta