"Bayer" 50ta o'yindan beri mag'lubiyatga uchramayapti

Alisher
13 may 2024
Leverkuzenliklar bu safar "Boxum"ni yirik hisobda taslim etishdi.

"Boxum" Bundesliga 33-turi doirasida o'z uyida "Bayer"ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi. Leverkuzenliklar bu safar raqiblari darvozasini besh bor ishg'ol qilishdi.

"Bayer" safida Patrik Shik, Viktor Bonifeys, Amin Adli, Yosip Stanishich va Alexandro Grimaldo to'p kiritdi.

Qayd etish kerakki, Xabi Alonso qo'l ostidagi "Bayer" barcha musobaqalarda 50ta o'yindan beri mag'lubiyatga uchramayapti.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia