Brunu - Reshfordga: "Tabriklayman, sen bunga loyiqsan"

Aslanov Jasurbek
11 may 2026, 23:41
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Markus Reshfordni La Liga sovrini bilan tabrikladi.

MYU hujumchisi, ijara asosida “Barselona”da to'p tepayotgan Reshford El-Klasikoda "Real"ni mag'lub etib (2:0), muddatidan avval Ispaniya chempioniga aylandi. Reshford ushbu bahsda jarima zarbasidan gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Brunu Instagram sahifasiga Markusning kubok bilan tushgan suratini joyladi va shunday deb yozdi: "Tabriklayman, birodarim ❤️. Sen bunga loyiqsan 🙌🏼".

Bundan tashqari, portugaliyalik futbolchi "Barsa" tomonidan "Al-Hilol"dan ijaraga olingan vatandoshi Joau Kanseluni ham tabrikladi. 31 yoshli o'yinchi Yevropaning kuchli beshlik chempionatlaridan to'rttasida g'olib chiqqan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi.

Brunu Kanseluning A Seriya, APL, Bundesliga va La Liga kuboklari bilan tushgan suratlari jamlangan kollajni o'z sahifasiga joylab, quyidagi so'zlarni qoldirdi:

"Tabriklayman, ❤️. Sen allaqachon tarixga kirganding, endi esa yanada aql bovar qilmas natijaga erishding 🙌🏼".


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: www.instagram.com/stories/brunofernandes8