Breaking! O'zbek telekanali La Liga va yana bir yirik musobaqa translyatsiya huquqini qo'lga kiritdi!

Sherzod Nurmatov
24 avg 2024
"Zo'r TV" yangi futbol mavsumidan e'tiboran Ispaniya La Ligasi hamda Yevropaning asosiy musobaqasini namoyish etib boradi.

Championat.asia sayti ma'lumotlariga ko'ra, "Zo'r TV" bugun 22:00 da start oladigan "Barselona" – "Atletik" uchrashuvi bilan La Liga o'yinlarini translyatsiya qilishni boshlaydi. Shuningdek, futbol ishqibozlari mazkur telekanal orqali Yevropa Chempionlar Ligasi 2024/25 yilgi mavsum bahslarini ham ko'rib borishga muyassar bo'lishadi. 



Ma'lumot o'rnida, yangi formatda o'tadigan Chempionlar Ligasi asosiy bosqichi 17 sentyabrdan start oladi. 

Avvalroq "Zo'r TV" O'zbekiston hududida Evro-2024 uchrashuvlarini ham namoyish qilib borgan edi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia