Bobur Abdurahmonov: "Ketma-ket gollardan so'ng "sochilib" ketdik"

9 avg 2026, 20:39
Proliga 14-turidan o'rin olgan "FarDU" – "Paxtakor farm" (5:1) uchrashuvidan keyin toshkentliklar bosh murabbiyi Bobur Abdurahmonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Birinchi taymni yaxshi boshladik va taym oxirlariga kelib gol o'tkazdik. Bu vaziyatda biroz koncentraciyani yo'qotdik. 5-6 soat masofa bosib to'g'ri o'yinga kelganimiz o'z ta’sirini ko'rsatdi. Ketma-ket gollardan so'ng "sochilib" ketdik.

- Jamoangiz asosan yoshlardan iborat. Bugun tajriba ustun keldi deb hisoblaysizmi?

- Men ham shu fikrdaman. Biz oldinga hujumga o'tdik va qarshi hujumlarda jazolandik. Futbol o'ynashga harakat qildik, biroq bazi hollarda kuchimiz yetmadi.

- Darvozabon ko'pincha oldinga chiqib ketdi.

- Bu men tomondan berilgan ko'rsatma edi. Unga oldinroqqa chiqib himoyachilarga yordam berish kerakligini aytdim. Sekin-asta hamma futbolchilarimizda tajriba ortib boradi.

- "Paxtakor farm" oldiga qo'yilgan vazifa?

- Futbolchilarni o'rinbosarlar jamoamizga tarbiyalab berish. Birinchi davrada 6 nafar o'yinchi bergandik, yaqinda yana ikki nafar futbolchimizni berdik.

- Ketma-ket gollar o'tkazib yuborilishiga sabab nima?

- Avvalo jismoniy holat bilan bog'liq deb o'ylayman. Juda tez toliqib qoldik va gollar o'tkaza boshladik.

- "FarDU" maydoni haqida fikringiz?

- Maydon juda zo'r ekan, tekis, bizga yoqdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia