

Jurnalist Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, 56 yoshli fransiyalik Gretsiya klubi uchun ustuvor nomzod bo'lib, unga bir yilgi uzaytirish imkoniyati bilan 2024 yilgacha mo'ljallangan shartnoma taklif qilmoqda.
Blanning so'nggi ish joyi Qatarning "Al Rayyan" klubi edi, u ushbu jamoani fevralda tark etgan. Shuningdek, u Fransiya terma jamoasi va "Bordo"dagi faoliyati bilan ham tanilgan.
Kuni kecha "Olimpiakos" klubda atigi bir yarim oy bosh murabbiy bo'lib ishlagan Karlos Korberanni ishdan bo'shatdi.
"Qaroqchilar" 5 turdan so'ng Gretsiya chempionatida 5-o'rinni egallab turibdi. "Olimpiakos" Yevropa Ligasi guruh bosqichining dastlabki ikki uchrashuvida ham mag'lub bo'ldi.



