Bezbetlikning oliy namunasi: Italiya MTJ bosh murabbiyi: Men iste'fo berganim yo'q

Narzulla Saydullayev
14 noya 2017, 08:34
Italiya terma jamoasi ustozi Jampero Ventura JCH-2018ga chiqa olmagach iste'foga chiqqani haqidagi xabarlarni rad qildi.

Men hali isteofga chiqqanim yo'q, sababi hali federatsiya prezidenti bilan gaplashganim yo'q. Men har bir futbolchi bilan alohida gaplashib olishga qaror qildim va matbuot anjumaniga kech qoldim.

Natija juda yomon, ammo bizda g'alabaga bo'lgan intilish kuchli edi.

San-Siroga kelgan muxlisarga rahmat, ular so'nggi soniyaga qadar bizga yordam berishdi. Biz mundialga borishga haqli ekanligimiz ikkinchi masala.

Iste'foga kelsak. Buni federatsiya rahbarlari bilan uchrashib muhokama qilamiz. Tavekkio va federatsiya bilan bir birimizni yaxshi tushunamiz


- dedi Jampero Ventura Italiyani 2018 yilgi Jahon chempionatiga olib chiqa olmaganidan keyin.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football-italia.net