Beyl: "Yevropa Ligasi - "Tottenxem" uchun muhim musobaqa va biz bu sovrinni yutishni xohlaymiz"

Alisher
19 fev 2021, 15:47
"Tottenxem" yarim himoyachisi Garet Beyl Yevropa Ligasi 1/16 final doirasidagi "Volfsberger" (4:1)ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini aytib o'tdi.

Uelslik futbolchi ushbu o'yinda 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

"Biz "Volfsberger" bilan oson o'yin bo'lmasligini bilardik. Bizda ko'plab imkoniyatlar paydo bo'ldi, ko'proq gollar urish kerak edi. Ammo jamoa bu natijadan ham mamnun. Endi javob o'yiniga tayyorgarlik ko'ramiz.

Yevropa Ligasi - "Tottenxem" uchun muhim musobaqa. Ushbu sovrinni yutishni xohlaymiz", - deydi Beyl.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com