Marotta zaxirada qolgan Lukaku haqida: "Romelu 103 kg tosh bosyapti, u hali tayyor emas"

Aslanov Jasurbek
23 fev 2023
"Inter" direktori Beppe Marotta nega Romelu Lukaku ko'pincha asosiy tarkibdan joy olmayotganini tushintirdi.

"Lukaku nega zaxirada? Romelu 103 kg tosh bosyapti, u jismoniy holatini yaxshilashi kerak.

U hali 100% tayyor emas, endigina formasini tiklay boshladi. Romelu mavsumning ikkinchi qismida katta muvaffaqiyatlarga erishadi deb o'ylaymiz" - deydi Beppe Marotta.

Lukaku "Portu"ga qarshi CHL nimchorak final bahsida ham zaxirada qoldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano