Ben-Arfa bepulga "Sent-Eten" klubiga o'tishi mumkin

Alisher
21 apr 2020
"Valyadolid" yarim himoyachisi Xatem Ben-Arfa mavsum yakunlangandan so'ng Fransiya chempionatiga qaytishi mumkin.

33 yoshli o'yinchi "Sent-Eten"dan taklif oldi.

Fransiya klubi bosh murabbiyi Klod Pyuel Ben-Arfa bilan "Nicca"da birga ishlagan.

"Valyadolid" xavbekining shartnomasi 30 iyunda yakuniga etadi, shu sabab "Sent-Eten" Ben-Arfani tekinga o'z safiga qo'shib olishi mumkin.


AlisherMuallif
Manba: le10sport.com