"Bavariya" yulduzi uchun 100 mln evro: davogarlar ma'lum

Sherzod Nurmatov
5 mar 2026
Yevropaning yetakchi klublari "Bavariya" vingeri Maykl Olisega jiddiy qiziqish bildirmoqda.

"TEAMtalk" xabarida aytilishicha, "Liverpul", PSJ va "Manchester Siti" Maykl uchun 100 mln evro taklif etishga tayyor. Biroq myunxenliklar kelib tushgan barcha takliflarni allaqachon rad etgan.

Shuningdek, Ispaniya grandlari – "Real" va "Barselona" ham futbolchini diqqat bilan kuzatib bormoqda. O'yinchining o'zi esa La Ligada faoliyatini davom ettirishga qarshi emas.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMtalk