"Bavariya" Upamekanoni olib qolish uchun 20 million evro bonus taklif qilmoqda

Aslanov Jasurbek
28 yanv 2026
Myunxenning "Bavariya" klubi himoyachi Dayo Upamekano bilan amaldagi shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

27 yoshli Fransiya terma jamoasi a'zosi shu yilning iyun oyida erkin agentga aylanishi mumkin

"Bild" nashrining xabariga ko'ra, nemis grandi dekabr oyi oxirida futbolchiga yangi taklif bilan chiqqan. Upamekano o'z kelajagi borasida fevral oyining o'rtalariga qadar bir qarorga kelishi kerak.

Klub futbolchiga quyidagi shartlarni taklif qilmoqda:

- Yangi shartnoma imzolagani uchun 20 million evro miqdorida bir martalik bonus;

- 3-4 yillik yangi bitim;

- Yillik 20 million evro maosh (bonuslar bilan birga);

Shartnomada 65 million evro miqdoridagi tovon puli belgilanishi (futbolchi bu summani 2027 yilning yozida to'lab, jamoani tark etishi mumkin bo'ladi).

Hozircha tomonlar o'rtasida aynan tovon puli masalasida kichik kelishmovchiliklar mavjud, biroq futbolchining o'ziga Myunxendagi sharoitlar maqul kelmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild