"Bavariya" "Shalke-04" himoyachisini 2018 yilda o'z safiga qo'shib olmoqchi

Aslanov Jasurbek
27 iyun 2017, 15:49
"Bavariya" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Shalke-04" yarim himoyachisi Leon Gorecka xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, nemis grandi Germaniya terma jamoasi futbolchisini 2018 yilning yozida o'z safiga qo'shib olmoqchi. O'shanda Gorecka erkin agent maqomiga ega bo'ladi va u uchun ortiqcha pul to'lash kerak bo'lmaydi. Futbolchi "Shalke-04" bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas.

Oldinroq Gelzenkirxen klubi sport direktori Kristian Xaydel "Shalke" yangi mavsum oldidan Gorecka bilan xayrlashmoqchi emasligini aytgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Kicker