

"ESPN Brasil" nashrining xabar berishicha, 66 yoshli italiyalik mutaxassis bilan kelishuv 2030 yilgacha uzaytiriladi.
Yangi shartnoma "2+2" tizimida tuzilib, JCH-2030 yakunigacha avtomatik uzaytirish imkoniyatini ko'zda tutadi. Hozirda faqat hujjatlarga imzo chekish qolgan, xolos.
Anchelottining maoshi yiliga 10 million evro miqdorida saqlanib qoladi. Bu Braziliya terma jamoasi tarixidagi murabbiylar uchun rekord ko'rsatkich hisoblanadi. Shuningdek, italiyalik mutaxassisning talabiga binoan uning yordamchilarining maoshi oshiriladigan bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Karlo Anchelotti 2025 yil may oyida "Real"ni tark etib, "pentakampeonlar" boshqaruviga kelgan edi. Uning qo'l ostida Braziliya terma jamoasi 10 ta o'yin o'tkazib, 5 ta g'alaba, 3 ta mag'lubiyat va 2 ta durang qayd etdi hamda JCH-2026 yo'llanmasini qo'lga kiritdi.



