"Bavariya" futbolchisi Qozondagi o'yinda eng yaxshi deya tan olindi

25 iyun 2018, 01:46
JCH-2018 doirasidagi Polsha - Kolumbiya (0:3) uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi nomi e'lon qilindi.

Unga ko'ra, Kolumbiya yarim himoyachisi Xames Rodrigez uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Xames Kolumbiyaning ikkita golida assistentlik vazifasini bajardi. Dastlab Yerri Minaning goliga ajoyib tarzda to'pni oshirgan bo'lsa, bahsning oxirgi goli, yani Kuadradoning kiritgan to'piga golli uzatmani amalga oshirgandi. Shu tariqa Xames Rodrigez FIFA talqini bo'yicha bellashuvning eng yaxshi futbolchisi deya etirof etildi.


Manba: championat.asia