“Bavariya“ futbolchisi faoliyatini “Al Nassr“da davom ettirishi mumkin

Khoja
12 iyun 2025
“Bavariya“ himoyachisi Kim Min Je faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin.

Unga “Al Nassr“ qiziqish bildirmoqda. Tomonlar allaqachon muzokaralarni boshlab yuborishgan. Transfer narxi taxminan 40 million evro atrofida bo'ladi. Himoyachining o'zi bilan esa 3 yillik shartnoma tuzadi. Koreyalik futbolchi Saudiya jamoasiga o'tishga rozilik bergan.

28 yoshli himoyachi 2023 yilda “Napoli“dan “Bavariya“ga ko'chib o'tgandi. Himoyachi o'tgan mavsum 42 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 ta gol bor.


KhojaMuallif
Manba: sports.ru