

Insayder Florian Plettenbergning xabar berishicha, myunxenliklar allaqachon "Kristal Pelas" himoyachisining vakillari bilan bog'langan. Shu bilan birga, uning Germaniya klubiga transferi Dayo Upamekano va Kim Min Je klubda qolish-qolmasligiga ham bog'liq.
Ma'lumotlarga ko'ra, "Bavariya"ga raqobatchi sifatida "Liverpul" va "Barselona" ham Gexini sotib olish bo'yicha jiddiy ish olib boryapti. Shuningdek, Angliya terma jamoasi futbolchisi uchun "Real" ham kurashga qo'shilgan.



