Gvardiola Gexi va Husanovning juftligi haqida fikr bildirdi

22 apr 2026, 10:30
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola himoya markazidagi Mark Gexi va Abduqodir Husanov juftligi haqida fikr bildirdi.

"Ajoyib... So'nggi o'yinlarda Mark va Xusanov ajoyib sheriklar bo'lishmoqda. Ular bilan kelajak porloq bo'ladi, deganim, bu mavsumda yosh o'yinchilarning juda yaxshi ulg'ayganini ko'rayotganim uchundir. Ular bu yerda ko'p yillar davomida bo'lishadi, bu biz uchun juda yaxshi", - deb fikr bildirdi Gvardiola.


Manba: @cityreport