“Barselona“ yirik transferni amalga oshirishga yaqin

Khoja
18 iyun 2025
“Barselona“ “Atletik“ning hujumkor futbolchisi Niko Uilyams bilan shartnoma tuzishga yaqin.

 Kataloniya klubi futbolchining shartnomasida belgilan qo'yilgan 62 million evro tovon pulini to'laydi. Futbolchining o'zi bilan esa 6 yillik shartnoma tuzadi. Ispaniya terma jamoasi a'zosining yillik maoshi 12 million evro bo'ladi.

Yakunlangan mavsum 22 yoshli futbolchi “Atletik“da 45 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 11 ta gol va 7 ta golli uzatma bor.



KhojaMuallif
Manba: soccer.ru