

Bu haqda "Mundo Deportivo" nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Kataloniya klubi mablag'ning dastlabki 105 million evrosini shu yilning iyul oyidayoq qabul qilib oladi, qolgan 105 million evro esa noyabr oyida kelib tushadi. Ushbu mablag'lar "Barselona"ning transfer bozorida faolroq harakat qilishi hamda futbolchilarning maoshlarini to'lash uchun moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Kredit telehuquqlarni sotish bo'yicha allaqachon imzolab bo'lingan amaldagi shartnomalardan tushadigan daromadlar bilan kafolatlanadi. Qayd etilishicha, ushbu operaciya yangi iqtisodiy chora hisoblanmaydi, chunki gap klub kelajakda ishlab topishi kafolatlangan tushumni oldindan olishi haqida ketmoqda. Shu bilan birga, "Barselona" ushbu mablag'larni jalb qilgani uchun foizlar to'lashi va tegishli xarajatlarni qoplashiga to'g'ri keladi.
Qo'shimcha moliyalashtirishga bo'lgan ehtiyoj "Espai Barça" loyihasining kechikishi bilan ham bog'liq. Xususan, klub ta'mirlanayotgan stadiondagi VIP-lojalardan kutilayotgan daromadlarni hali olishni boshlamagan bo'lsa-da, ular bilan bog'liq qarz majburiyatlarini bajarishga majbur bo'lmoqda.



