Kuchli beshlik sharhi: “Man Siti” peshqadam, “Barsa” va “Real”dan olovli start, “Liverpul” va PSJda inqiroz

1 sen 2026, 14:22
Yevropaning kuchli besh chempionatida navbatdagi turlar ortda qoldi.

Angliyada “Manchester Siti” va “Arsenal” mavsumni ikki g'alaba bilan boshlagan bo'lsa, “Liverpul” hali g'alaba qozona olmadi. Ispaniyada “Barselona” va “Real” uch turdan keyin ham ochko yo'qotgani yo'q. Italiyada esa birdaniga oltita jamoa ikki o'yinda 6 tadan ochko to'pladi.

Angliya: “Siti” va “Arsenal” xatosiz, “Liverpul”da yana durang

Premer-ligada ikki turdan keyin “Manchester Siti”, “Arsenal”, “Xall Siti” va “Chelsi” 6 tadan ochko jamg'ardi. To'plar nisbati bo'yicha “Siti” peshqadam.

“Manchester Siti” “Kristal Pelas” mehmoni bo'lib, 4:1 hisobida g'alaba qozondi. Jamoa ikki turda 6 ta gol urdi va mavsumni ikki g'alaba bilan boshladi.

“Arsenal” ham ochko yo'qotmayapti. Londonliklar “Aston Villa”ni safarda 1:0 hisobida engdi. Mikel Arteta jamoasi ikki turda 4 ta gol urgan va hali o'z darvozasidan to'p o'tkazmagan.

“Chelsi” - “Brayton” uchrashuvida esa ettita gol urildi. Londonliklar 4:3 hisobida g'alaba qozonib, “Siti” va “Arsenal” qatori 6 ochko jamg'ardi.

gettyimages-2292716442-2048x2048.jpg

“Manchester Yunayted” birinchi turdagi mag'lubiyatdan keyin “Ipsvich”ni 5:2 hisobida engdi. “Liverpul” esa ikkinchi o'yinida ham durang qayd etdi - bu safar “Nottingem Forest” bilan 2:2. Mersisaydliklar 2 ochko bilan 13-o'rinda bormoqda.

gettyimages-2292902477-2048x2048.jpg

“Tottenxem” uchun esa mavsum og'ir boshlandi. Jamoa “Nyukasl”ga 0:2 hisobida yutqazdi va ikki turdan keyin ochkosiz qolmoqda. “Tottenxem” hali gol ham urgani yo'q.

2-tur natijalari:

  • “Kristal Pelas” 1:4 “Manchester Siti”

  • “Liverpul” 2:2 “Nottingem Forest”

  • “Koventri” 0:1 “Xall Siti”

  • “Bornmut” 1:1 “Everton”

  • “Tottenxem” 0:2 “Nyukasl”

  • “Sanderlend” 1:0 “Fulxem”

  • “Lids” 1:1 “Brentford”

  • “Chelsi” 4:3 “Brayton”

  • “Manchester Yunayted” 5:2 “Ipsvich”

  • “Aston Villa” 0:1 “Arsenal”

Ispaniya: “Barselona” va “Real” ochko yo'qotmayapti

La Ligada uch turdan keyin “Barselona” va “Real” 9 tadan ochko bilan dastlabki ikki o'rinni egallab turibdi. To'plar nisbati yaxshiroq bo'lgan kataloniyaliklar birinchi o'rinda.

“Barselona” uchinchi turda “Rayo Valekano”ni 5:2 hisobida engdi. Kataloniyaliklar mavsum boshidan beri 12 ta gol urdi - bu chempionatdagi eng yaxshi ko'rsatkich.

gettyimages-2292957368-2048x2048.jpg

“Real” ham ishonchli g'alaba qozondi. Madridliklar “Malaga” darvozasiga javobsiz to'rtta to'p kiritdi. “Real” uch turda 10 ta gol urgan va faqat ikkita gol o'tkazgan.

gettyimages-2292359592-2048x2048.jpg

“Atletiko” ham peshqadamlardan uzoqlashmayapti. Diego Simeone jamoasi “Sevilya”ni safarda 3:1 hisobida engib, ochkolarini 7 taga etkazdi. Madridliklar “Barselona” va “Real”dan ikki ochko ortda.

3-tur natijalari:

  • “Rasing Santander” 3:2 “Elche”

  • “Alaves” 1:0 “Vilyarreal”

  • “Levante” 5:2 “Betis”

  • “Real Sosedad” 2:1 “Espanol”

  • “Sevilya” 1:3 “Atletiko”

  • “Real” 4:0 “Malaga”

  • “Deportivo” 3:1 “Valensiya”

  • “Selta” 0:2 “Atletik”

  • “Osasuna” 1:0 “Xetafe”

  • “Barselona” 5:2 “Rayo Valekano”

Italiya: oltita jamoa hali ochko yo'qotmadi

A Seriyada ikki turdan keyin jadvalning yuqori qismida zichlik katta. “Roma”, “Inter”, “Milan”, “Yuventus”, “Atalanta” va “Lacio” ikki o'yinda ham g'alaba qozonib, 6 tadan ochko to'pladi.

Ular orasida eng yaxshi to'plar nisbati “Roma”da. Rimliklar bu turda “Lechche”ni 4:0 hisobida engdi. Jamoa ikki o'yinda 8 ta gol urdi va hali birorta ham to'p o'tkazmadi.

gettyimages-2292395804-2048x2048.jpg

“Inter” “Kalyari”ni 1:0, “Yuventus” “Parma”ni 2:0, “Milan” esa “Veneciya”ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. “Atalanta” “Bolonya”ni, “Lacio” esa “Jenoa”ni minimal hisobda engib, ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritdi.

“Napoli” esa ikkinchi turda ochko yo'qotdi. Neapolliklar o'z maydonida “Komo”ga 1:2 hisobida yutqazdi va 3 ochko bilan 10-o'rinda qoldi.

2-tur natijalari:

  • “Milan” 2:0 “Veneciya”

  • “Sassuolo” 2:1 “Torino”

  • “Monca” 2:3 “Udineze”

  • “Fiorentina” 0:3 “Frozinone”

  • “Yuventus” 2:0 “Parma”

  • “Napoli” 1:2 “Komo”

  • “Lacio” 1:0 “Jenoa”

  • “Kalyari” 0:1 “Inter”

  • “Lechche” 0:4 “Roma”

  • “Atalanta” 1:0 “Bolonya”

Germaniya: “Bavariya” yirik g'alaba bilan boshladi, “Bayer” qoqildi

Bundesligada yangi mavsumning birinchi turi o'tkazildi. “Bavariya” chempionatni “Shtutgart” ustidan 5:1 hisobidagi yirik g'alaba bilan boshladi va to'plar nisbati bo'yicha birinchi o'ringa chiqdi.

gettyimages-2292460694-2048x2048.jpg

“Borussiya Dortmund” ham dastlabki uch ochkosini oldi. Dortmundliklar “Gamburg”ni 2:0 hisobida engdi. “RB Leyptsig” esa “Borussiya Myonxengladbax” darvozasiga javobsiz uchta to'p kiritdi.

Birinchi turning asosiy kutilmagan natijasi “Bayer” ishtirokidagi o'yinda qayd etildi. Leverkuzenliklar “Elversberg” mehmoni bo'lib, 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

“Frayburg” “Verder”ni 4:1, “Augsburg” esa “Shalke”ni 3:0 hisobida engdi. Birinchi turdan keyin ettita jamoa 3 tadan ochko jamg'argan.

1-tur natijalari:

  • “Bavariya” 5:1 “Shtutgart”

  • “Union Berlin” 3:3 “Ayntraxt”

  • “RB Leyptsig” 3:0 “Borussiya Myunxengladbax”

  • “Maync” 0:0 “Paderborn”

  • “Kyoln” 3:2 “Xoffenxaym”

  • “Elversberg” 3:2 “Bayer”

  • “Borussiya Dortmund” 2:0 “Gamburg”

  • “Frayburg” 4:1 “Verder”

  • “Augsburg” 3:0 “Shalke”

Fransiya: PSJ hamon g'alabaga erishmadi, “Monako” esa peshqadam

Liga 1’da ikki turdan keyin faqat “Monako” 6 ochko jamg'ardi. Ular ikkinchi turda “Marsel”ni 2:0 hisobida engib, yakka peshqadamga aylandi.

PSJ esa ikkinchi o'yinida ham durang qayd etdi. Parijliklar “Lill” bilan 2:2 hisobida o'ynadi. Ikki turdan keyin PSJda 2 ochko bor va jamoa 11-o'rinda bormoqda.

gettyimages-2292358159-2048x2048.jpg

“Parij” ham mavsumni yaxshi boshladi. Jamoa “Nicca”ni 3:0 hisobida engib, 4 ochko bilan ikkinchi o'ringa ko'tarildi. “Lill”, “Lion”, “Renn” va “Trua”da ham 4 tadan ochko bor.

“Marsel” esa “Monako”dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin 3 ochko bilan 8-o'rinda qoldi.

2-tur natijalari:

  • “Lill” 2:2 PSJ

  • “Strasbur” 2:1 “Lans”

  • “Lion” 1:1 “Gavr”

  • “Loryan” 1:2 “Trua”

  • “Brest” 2:2 “Tuluza”

  • “Oser” 1:3 “Anje”

  • “Parij” 3:0 “Nicca”

  • “Renn” 3:2 “Le-Man”

  • “Monako” 2:0 “Marsel”

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia