Barselona Liverpul futbolchisi uchun kurashga qo'shildi

Khoja
16 dek 2024
Barselona bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Kataloniya klubidan Liverpul himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold bilan shartnoma imzolashni so'radi.

 Manbaga ko'ra, hozirda Barselona o'ng qanot himoyasida Jyul Kunde o'ynayotganiga qaramay, germaniyalik mutaxassis Trentni o'z xislatlari bilan loyihani yanada kuchliroq qilishga qodir, deb hisoblaydi. 

Trent joriy mavsum barcha musobaqalarda 19 ta o'yinda qatnashib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining ingliz klubi bilan tuzgan shartnomasi kelasi yilning yozida yakunlanadi. 26 yoshli futbolchiga Ispaniyaning yana bir grandi Real Madrid ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.


KhojaMuallif
Manba: championat.com