

Myunxenliklar rahbariyati “Dinamo Z” o'yinchisining vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda. Livakovich jarohat olgan Manuel Noyerning o'rnini egallaydi. Noyer chang'ida uchayotib, oyog'ini sindirib olgandi va shu tufayli u uchun mavsum yakunlandi.
“Bavariya” va Livakovichning agenti o'rtasidagi muzokaralar dastlabki bosqichda turibdi. Shuningdek, “qizillar” “Monako”da ijarada bo'lgan Aleksandr Nyubelni ham qaytarish variantini o'rganmoqda.
Dominik Livakovich bu mavsum Xorvatiya chempionatida 16 bahsda qatnashib, 17 ta gol o'tkazib yubordi. Qatardagi mundialda esa 5 o'yinda 3 ta golni darvozasidan olib chiqdi.



