"Barselona" "Chelsi”dan tarbiyalanuvchisini qaytarmoqchi

Alisher Ostonov
13 fev 2026
"Chelsi" himoyachisi Mark Kukurelya "Barselona" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar 27 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olish variantini ko'rib chiqmoqda. "Ko'k-anorranglilar" futbolchining transferi uchun 30-40 mln evro berishga tayyor.

Mark Kukurelya "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Himoyachi 2022 yilda "Brayton"dan 65 mln evro evaziga "Chelsi"ga o'tgandi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Diario Sport