"Barselona" A Seriyadagi himoyachini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher
18 noya 2019, 16:35
"Fiorentina" himoyachisi Nikola Milenkovich faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

"Barselona" 22 yoshli serbiyalik o'yinchini qishki transferlar oynasida xarid qilmoqchi.

"Fiorentina" 2020 yil yanvarda kataloniyaliklarning taklifini eshitishga tayyor.

Milenkovichga shuningdek MYU ham qiziqmoqda. "Qizil iblislar" himoyachi bilan yozda shartnoma imzolashmoqchi edi, ammo bitim qishda qoldirilgan.

Futbolchi joriy mavsum A Seriyada 12ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: La Nazione