"Barselona" 20 yoshli hujumkor yarim himoyachini sotib olmoqchi

Alisher
8 iyul 2019
"Barselona" "Viitorul" yarim himoyachisi Yanis Xajini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Kataloniya klubi 20 yoshli futbolchini sotib olmoqchi va shu zahoti ijara berib yubormoqchi.

Xaji faoliyatini "Viitorul"da boshlagan va aynan shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2016-2018 yillar mobaynida Italiyaning "Fiorentina" klubida harakat qilgan.

Futbolchi hozirda yana sobiq klubida harakat qilmoqda.

U 2018 yildan e'tiboran Ruminiya terma jamoasi futbolchisi hisoblanadi.


AlisherMuallif
Manba: El Gol