

Jovanni Stroppa boshchiligidagi jamoa B Seriyaning 37-turida "Speciya" bilan durang o'ynadi va A Seriya uchun yo'llanmaga ega chiqdi. Jamoa yetakchi "Frozinone" o'rnini egallashi ehtimoli ham bor. Chunki o'rtadagi farq bir ochkoni tashkil qiladi, biroq jamoa ikkinchi o'ringa tushib kyetmaydi.
"Veneciya" bir mavsumlik tanaffusdan keyin A Seriyaga qaytmoqda. 2024/25 yilgi mavsumda jamoa yuqori ligada 19-o'rinni egallagandi.



