Azamat Abduraimov o'z xohishiga ko'ra iste'foga chiqarildi

Aslanov Jasurbek
26 iyul 2021
Murabbiy "Yangier Quruvchi" klubini boshqarib kelayotgandi.

Pro Ligada ishtirok etib kelayotgan "Yangier Quruvchi" bosh murabbiyi Azamat Abduraimov o'z xohishiga ko'ra iste'foga chiqarildi. 

Azamat Abduraimov shu kungacha  faoliyati davomida  NBU-Osiyo, "Dinamo", O'zbekiston U-23 terma jamoasi, "Andijon", O'zbekiston o'smirlar terma jamoasida faoliyat olib borgan. 

Ma'lumot o'rnida aytib o'tish joiz, ayni paytda "Yangier" Pro ligada 2 ta g'alaba, 2 ta durang, 6 ta mag'lubiyat bilan 8 ochko to'plagan holda 7-o'rinda bormoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Янгиер Қурувчи" ФК матбуот хизмати