Ayollar OCHL guruh bosqichiga qur'a tashlandi: "Sevinch" Eron, Xitoy va Hindiston jamoalari bilan o'ynaydi

Sherzod Nurmatov
11 sen 2025, 13:06
Bugun ayollar o'rtasidagi Osiyo Chempionlar Ligasi musobaqasi guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi o'tkazildi.

Unga ko'ra, "Sevinch" "B" guruhidan o'rin oldi. Ushbu guruh bellashuvlariga Xitoy mezbonlik qiladi. 

Alohida aytish joiz, "Uhan Jiangda" amaldagi chempion hisoblanadi. 

"B" guruhi

"Uhan Jiangda" (Xitoy)

"Bam Hatun" (Eron)

"Ist Bengal" (Hindiston)

"Sevinch" (O'zbekiston)

Ma'lumot o'rnida, guruh bosqichi uchrashuvlari shu yilning 9-23 noyabr sanalarida bo'lib o'tadi. Chorak final uchrashuvlari 2026 yil 22-23 mart kunlari o'tkaziladi. Yarim final o'yinlari va final may oyida tashkil etiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia