"Ayaks" bosh murabbiyini iste'foga chiqardi

Mirjalol Normatov
6 noya 2025
"Ayaks" Jonni Xeytingani bosh murabbiylikdan ketkazdi.

Klub va 41 yoshli murabbiy o'rtasida 2027 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolangandi. U bilan birgalikda assistenti Marsel Kayzer ham iste'foga chiqarilgan. "Ayaks" yangi bosh murabbiyni izlashga tushib ketgan. Bungacha jamoani Fred Grim boshqarib turadi.

Xeytinga qo'l ostida "Ayaks" YCHL umumiy guruh bosqichida 4 o'yin o'tkazdi va barchasida mag'lub bo'ldi - "Inter"ga 0:2, "Marsel"ga 0:4, "Chelsi"ga 1:5 hamda "Galatasaroy"ga 0:3.

Mamlakat chempionatida jamoa 11 turda 20 ochko jamg'argan holatda 4-o'rinni egallab turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: english.ajax.nl