"Ayaks" bosh murabbiyi - MYUning Antoniga qiziqishi haqida: "Biz CHLda o'ynaymiz, MYU esa yo'q"

Alisher
22 avg 2022
"Ayaks" bosh murabbiyi Alfred Shreder hujumchi Antonining "Manchester Yunayted"ga ehtimoliy o'tishi haqida gapirdi.

49 yoshli mutaxassis braziliyalikning "Ayaks"da qolishiga ishonchi komil.

"Bu borada menda yaxshi fikrlar bor. Albatta, bu qiyin. Uni yaxshi tushunaman. Ammo, u "Ayaks"da o'ynamoqda, shu sabab ko'plab klublar uning eshigini taqillatishadi. Yakunda, biz Chempionlar Ligasida o'ynaymiz, "Manchester Yunayted" esa menimcha, yo'q", - deydi Shreder.

Antoni o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 32ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 10ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: ajax.nl