"Atalanta" "Manchester Yunayted" futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher Ostonov
16 avg 2025, 18:54
"Atalanta" "Manchester Yunayted" himoyachisi Tayrell Malasia bilan shartnoma imzolamoqchi.

Manbaga ko'ra, 25 yoshli niderlandiyalik futbolchining ingliz klubidagi kelajagi yakuniga etgani aniq. Futbolchiga "Atalanta"dan tashqari Saudiya Arabistoni klublari va "Seltik" ham qiziqish bildirgan.

Malasia 2025 yilning fevralidan boshlab ijara asosida PSVda o'ynagan va u yerda 12 ta o'yinda maydonga tushgan.

Himoyachining shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini sakkiz million evroga baholagan.


O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport