

Birinchi o'yinda 1:1 hisobi qayd etilgan qarama-qarshilikning javob o'yini bugun bo'lib o'tadi.
"Bahsni sabrsizlik bilan kutyapman. Jamoa ichida, muxlislarimiz orasida g'ayratni his qilyapman. Bu biz birgalikda boshdan kechirishni istagan onlar. Biz klub sifatida, jamoa sifatida 20 yildan keyin yana shu bosqichda bo'lish uchun juda ko'p mehnat qildik. Biz kerakli o'yinni ko'rsatishga va finalga chiqishga chanqoqmiz", – dedi "kanonirlar" ustozi.
O'yin Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi.



