Arteta "Arsenal"ning chempionlik uchun kurashi haqida: "Orzumiz tirik"

Sherzod Nurmatov
4 may 2026, 13:40
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya chempionatining 35-turida "Fulxem" (3:0) ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin 3 may, shanba kuni Londondagi "Emireyts" stadionida bo'lib o'tdi va 3:0 hisobida "kanonirlar" foydasiga yakunlandi.

"Bu g'alaba bizga orzumiz tirikligini anglatadi. Endi bu kuch va ishonchni seshanba kunigacha olib borishni istaymiz va bizga bu albatta kerak bo'ladi. Kiyinish xonasidagi muhitga qarasam, to'g'ri yo'nalishda harakatlanayotganimizni ko'raman", – dedi mutaxassis.

"Arsenal" 76 ochko bilan APL jadvalida birinchi o'rinda qolmoqda. Ular ikkinchi o'rindagi "Manchester Siti"dan 6 ochko oldinda, ammo "shaharliklar" zaxirasida ikkita o'yin mavjud.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Independent