

Turli manbalarga ko'ra, "Real" fransiyalik himoyachining o'yinlaridan zavqlanmoqda va uni hozirgi transfer oynasi uchun emas, balki kelajak uchun ehtimoliy nishon sifatida ko'radi.
Shu fonda londonliklar futbolchini saqlab qolish uchun faol ishlamoqda. Salibaning "Arsenal" bilan amaldagi bitimi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Saliba 2019 yilda "Sent-Eten"dan "Arsenal"ga o'tgan. U 2024/25 yilgi mavsum 51 o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, uning transfer qiymati 80 mln evroni tashkil qiladi.



