"Arsenal" "Portu" yarim himoyachisini kuzatmoqda

8 may 2026, 21:35
"Arsenal" "Portu" yarim himoyachisi Viktor Froxoldtni kuzatmoqda.

"The Times" ma'lumotiga ko'ra, London klubi vakillari uzoq vaqtdan buyon daniyalikning rivojlanish jarayonini kuzatib bormoqda. Hozirda unga "Nyukasl" tomonidan ham qiziqishlar bor.

"Portu" ham futbolchisini sotishga qarshi emas, narx - 52 million funt. Buning uchun "Arsenal" bir qancha futbolchilarini sotib yuborishga majbur bo'lib qolishi mumkin. Hozirda Leandro Trossar, Gabriel Martinelli, Kristian Nergor va Ben Uayt kabi futbolchilarning jamoadagi taqdiri so'roq ostida turibdi.

Ushbu mavsumda 20 yoshli Viktor Froxoldt barcha turnirlarda 50 o'yinda qatnashib, 8 gol va 6 assist qayd etdi.


Manba: The Times