"Arsenal" yetakchilaridan biri Mourinyuning "Roma"siga o'tishni istamagan

Sherzod Nurmatov
20 sen 2022
Rim klubi yozgi transferlar vaqtida "Arsenal" va Shveytsariya terma jamoasi yarim himoyachisi Granit Jakaga qiziqish bildirgan.

Manbaga ko'ra, rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourinyu futbolchini Italiyaga shaxsan o'zi chaqirgan. Biroq Jaka "kanonirlar" safini tark etishni xohlamagan.

29 yoshli Jaka joriy mavsum "Arsenal" safida 8 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano