"Arsenal" 150 millionlik yarim himoyachi bilan kelishuvga erishdi

10 iyul 2026, 22:23
"Arsenal" "Aston Villa" yarim himoyachisi Morgan Rojersni transfer qilish ustida faol ishlamoqda.

Ma'lum qilinishicha, London klubi futbolchi bilan shaxsiy shartlar bo'yicha kelishuvga erishgan. Endi "to'pchilar" "Aston Villa" bilan kelishib olishlari kerak. Avvalroq birmingemliklar Rojers uchun kamida 150 million evro olishni xohlayotgani takidlangan edi.

Morgan Rojers o'tgan mavsumda 55 ta uchrashuv o'tkazib, 14 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Daily Briefing