Arsen Venger: "Arsenal" chempion bo'lishiga ishonaman. "Siti" ochko yo'qotishi aniq"

Aslanov Jasurbek
21 apr 2026, 21:47
Londonning "Arsenal" klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger joriy mavsumda "kanonirlar"ning chempionlik imkoniyatlarini yuqori baholadi.

APLda 33-turdan so'ng londonliklar "Manchester Siti"dan 3 ochko oldinda bormoqda, biroq "shaharliklar" hisobida bitta zaxira o'yini mavjud.

"Men "Arsenal" chempionatda g'olib chiqishiga ishonaman va bunga chin dildan ishonaman. Mening nazarimda, bu juda mantiqiy ko'rinmoqda.

Menga jamoaning Eze, Edegor, Xavertc va Maduekedan iborat hujum chizig'i juda manzur bo'lyapti. "Manchester Siti" mavsum yakunini ochko yo'qotmasdan o'tkaza olmaydi", - dedi Venger.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal