Arda Gyulerning qachon safga qaytishi ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
27 avg 2023, 13:30
"Real" futbolchisi Arda Gyuler jarohatidan kutilganidan ko'ra ertaroq qaytishi mumkin.

"Diario AS" xabariga ko'ra, futbolchining safga qaytishi sentyabr oyining oxirlarida amalga oshishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Gyuler mavsumoldi yig'inlarida jarohat olgandi. Avvaliga uning noyabr oyi boshlariga safga qaytishi taxmin qilingandi.

18 yoshli Gyuler ushbu yozda "Real"ga o'tdi. Uning transfer summasi 20 mln evroga teng bo'ldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Diario AS