APLning 2025/26 yilgi mavsumi uchun ramziy terma jamoasi e'lon qilindi

29 may 2026, 08:20
Britaniyaning BBC nashri APLning 2025/26 yilgi mavsumi uchun ramziy terma jamoasini e'lon qildi.

Ramziy terma jamoadan Londonning "Arsenal" klubidan besh nafar futbolchi joy oldi: David Rayya, Vilyam Saliba, Gabriel Magalyayns, Yurrien Timber va Deklan Rays. Shuningdek, Niko O'Rayli, Antuan Semenyu va Erling Xoland ("Manchester Siti"), Brunu Fernandesh ("Manchester Yunayted"), Elliot Anderson ("Nottingem Forest") hamda Igor Tyago ("Brentford") ramziy jamoaga kiritildi.

Mikel Arteta qo'l ostidagi Londonning "Arsenal" klubi Angliya chempioniga aylandi. "Kanonirlar" 38 turda 85 ochko jamg'arib, eng yaqin taqibchisi - "Manchester Siti"ni etti ochkoga ortda qoldirishdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC