

Uchrashuvdagi gollardan biriga atigi bir hafta oldin "Bornmut"dan sotib olingan vinger Antuan Semeno mualliflik qildi. Jamoaning yangi a'zosi ketma-ket ikkinchi o'yinda ham raqib darvozasini ishg'ol etdi: bundan avval u "shaharliklar" safidagi debyut uchrashuvida - Angliya Kubogi doirasida "Ekseter" (10:1) bilan bahsda ham gol urgan edi.
Shu tariqa, Semeno 2009 yildan beri "Manchester Siti" tarkibida dastlabki ikkita o'yinida gol urishga muvaffaq bo'lgan birinchi futbolchiga aylandi. Oxirgi marta bunday natijani Emmanuel Adebayor qayd etgan edi.



