Angliya termasining sobiq futbolchisi JCH uchun Saudiya Arabistonidan ketishni istamoqda

Khoja
21 noya 2025, 09:48
"Al Ahli" hujumchisi Ayven Touni qishda jamoani tark etishi mumkin.

Hujumchi yozda bo'lib o'tadigan JCHda ishtirok etishi uchun APLga qaytishni istamoqda. Buning uchun hujumchi maoshini juda katta miqdorda kamaytirishga ham rozilik bergan. Uni sotib olish uchun asosiy da'vogar "Tottenxem" bo'lib turibdi. 

Eslatib o'tamiz, "Al Ahli" Ayven Tounini o'tgan yilning yozida sotib olgandi. Uning maoshi haftasiga 400 ming funtni tashkil qiladi. Uning saudiyaliklar bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilning yozida yakunlanadi.


KhojaMuallif
Manba: skysport