Angliya terma jamoasi tarkibi e'lon qilindi: Tuxel APLda o'ynamagan 35 yoshli darvozabonni chaqirdi

Sherzod Nurmatov
20 mar 2026
Angliya terma jamoasining mart oyidagi yig'ini uchun qaydnomasi ma'lum bo'ldi.

"Uch sherlar" bosh murabbiyi Tomas Tuxel quyidagi futbolchilarni chaqirdi:

Din Henderson, Pikford, Remsdeyl, Stil, Trafford – Byorn, Gexi, Xoll, Konsa, Livramento, Maguayr, O’Rayli, Kuansa, Spens, Stouns, Tomori – Anderson, Bellingem, Garner, Jordan Xenderson, Maynu, Palmer, Rays, Rojers, Uorton – Bouen, Kalvert-Lyuin, Eze, Foden, Gordon, Keyn, Madueke, Reshford, Saka, Solanke.

Ko'rinib turibdiki, ro'yxatda Jud Bellingem ham bor, garchi u jarohat sabab ancha vaqtdan beri o'ynamagan bo'lsa ham. Ammo yanada hayratlanarlisi - "Brayton"ning 35 yoshli darvozaboni Jeyson Stilning chaqirilishi. U joriy mavsumda faqat Angliya Kubogi va Liga Kubogida maydonga tushgan.

Angliya terma jamoasi bu oyda Urugvay (27 mart) va Yaponiya (31 mart)ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail