

34 yoshli futbolchi “Koventri” sharafini mavsum so'nggiga qadar himoya qiladi. Ayegbeni yangi jamoasida 22-raqam ostida harakat qiladi. Klub turnir jadvalida 30-turdan so'ng 21 ochko bilan so'nggi o'rinda boryapti.
Ayegbeni faoliyati mobaynida Angliyaning “Portsmut”, “Midlsbro”, “Everton” va “Blekbern” klublari safida to'p tepgan. Nigeriya terma jamoasi tarkibida 50dan ziyod uchrashuvda maydonga tushgan.




