Andrey Shipilov: "Neftchi" yaxshi taassurot qoldirdi"

Xayrulla Xoliqov
29 iyul 2018, 14:32
Kecha bo'lib o'tgan "Metallurg" - "Neftchi" bahsidan so'ng mezbonlar ustozi Andrey Shipilov o'z fikrlarini bildirdi.

- "Natija biz uchun qoniqarli bo'ldi. Raqib hisobdan mamnun deya olmayman. Lekin shuni takidlashim mumkin, "Neftchi" jamoasi bugun yaxshi taassurot qoldirdi".

- "Farg'onaliklar himoyada ancha tartibli o'yin namoyish etishdi. Shunday bo'lsa-da, bizda etarlicha qulay imkoniyatlar yuzaga keldi. Ikkinchi bo'limda o'yinimiz ancha qovushdi. Yigitlarga butun o'yin davomida bor kuch-g'ayrat bilan to'p surganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman", - dedi "Metallurg" bosh murabbiyi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia