Andres Inesta: "Yana bir bora Messi qarshisida shlyapamni echaman"

Aslanov Jasurbek
7 may 2015, 18:14
"Barselona" yarim himoyachisi Andres Inesta "Bavariya"ga qarshi uchrashuvdan (3:0) so'ng, jamoadoshi Lionel Messi haqida o'z fikrini bildirdi.

"Biz ko'proq to'p bilan harakatlanishga urindik. So'nggi daqiqalarda maqsadimizga erishdik. Messi boshqa hech kim qila olmaydigan ishlarni amalga oshiryapti. Bundan faqat rohatlanish mumkin. U jamoaning g'alabasiga katta xissa qo'shdi. Yana bir bora Messi qarshisida shlyapamni echaman. Hozircha hech narsa hal bo'lgani yo'q. Finalga chiqish uchun, Myunxenda ham yaxshi harakat qilishimiz zarur" - deydi Inesta.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru