Ana xolos! Boxing Day'da faqat bitta o'yin bo'ladi

Sherzod Nurmatov
1 noya 2025
Angliya Premer-ligasi 2025 yilgi Boxing Day kunida faqat bitta o'yin bo'lib o'tishini tasdiqladi.

Angliyada bayramona davr ananaviy ravishda o'yinlarga boy bo'lardi, ammo bu yil unday emas. Ma'lum bo'lishicha, Boxing Day'da "Manchester Yunayted" 26 dekabr kuni "Nyukasl" bilan to'qnash keladi.

Liga qaror taqvimga bog'liq ekanligini tushuntirdi va dam olish kunlariga 33 ta o'yin kuni ajratish "majburiyati" borligini ta'kidladi. Sovg'alar kuni 2025 yil juma kuniga to'g'ri kelganligi sababli, bu o'zgarishga zarurat tug'ildi. Biroq Boxing Day dasturining to'liq versiyasi 2026 yilda qaytadi.

"Opta" ma'lumotlariga ko'ra, 2025 yilgi Boxing Day jadvali 1982 yildan beri (o'shanda hech qanday o'yin o'tkazilmagan) eng qisqasi bo'ladi.

Avvalroq APL uzoq yillik ananasini buzishga tayyorlanayotgani ma'lum bo'lgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: premierleague.com